Читать книгу: «Vaqt»

Шрифт:

© Umida G'oziyeva, 2026

ISBN 978-5-0070-1030-6

Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

70 yoshlik bobo 4 nafar nabirasini toplab bir hikoya aytib beradi.

Ibrohim G’oziyev:

Bundan 84 yil avval, 2002-yil barcha insonlar uyg’onib qo’liga qarasa yashashga umri necha yil, oy, kun qolganini ko’rishadi. Umid darxol ota-onasini yoniga oshxonaga yugurib boradi va ulardan qancha umri qolganini so’raydi. Otasi 64, onasi 55, opasi 73, o’zida esa 27 yoshlargacha umrligi qolganini biladi. Ota-onasi o’g’lining oz umr ko’rishidan juda mag’zun bo’lishadi. Shundan so’ng 10 yoshlik Umid Salomov Ingliz tili o’rganishga mustaqil kirishadi. Opasi Shahnoza Salomova maktabida a’lochilardan biri bo’ladi.

Umid 15 yoshigacha uyida otasiga moshina ta’mirlashga yordamlashadi, bahor-kuz maktab darslari tugab, yozgi ta’til kun bo’yi. 15 dan 18 yoshgacha yozgi ta’tilda kafeda offitsiant keyinchalik oshpaz yordamchisi bo’lib ishlaydi. 16 yoshida IELTS topshirib umumiy 6.0 ball to’playdi. Va kollejda 2 yil mobaynida, 1 dan 3 chi kurs talabalariga Ingliz tilidan boshlang’ich darajasida dars o’tadi. Barcha harakatlar negizida, vafot etguniga qadar oilasini bekami-ko’st qilish, opasini boyni qizlaridan kam qilmay uzatish, ukasini institutda o’qitish, yashayotgan uyini yangi tamirdan chiqarish.

Kollejni 18 yoshida bitirib IELTSdan 7.0 ball oladi va o‘quv markazida Ingliz tili va IELTS dan dars o’tishni boshlaydi. Opasi esa bir yil oldin kollejni bitirib «Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti» bakalavr bosqichiga Grant asosida o’qishga qabul qilinadi, rus guruhga. Bundan oldin Umid opasi va ukasini rus tili kursida 1 yarim yil mobaynida o’qitadi. Opasi universitetni bitirib 1 yil ishlab sarpasini yeg’ib sovchilar orqali turmushga chiqadi.

Umid esa 11 yoshlik ukasi MuhammadAziz Salomovni «Al Xorazmiy nomidagi Axborot Texnologiyalari Maktabi"ga o’qishga beradi, ishlab opasini «hamshiralik», «qandolatchilik», «moshina haydash», «tikuvchilik va bichuvchilik» kurslarida o’qitadi. Opasini sarpasiga «bagema servisi», va har xil xrustallar sotib oladi, yotoqxona va mehmonxona mebellarini ham o’zi qiladi va to’y xarajatini ham o’z bo’yniga oladi, ota-onasini o’ylab.

Kuyov tomonga osh berish va boshqalar. 1 yil o’tib opasi o’g’illik bo’lgach, jiyaniga qo’chqor ham olib borib, soydiradi. Va 12 yoshlik ukasini o’z Ingliz tili kursisida o’zi pul to’lab o’qitadi, ukasining IELTS harajatini ham to’lab. Keyinchalik ukasini matematika, fizika va IT (front-end, veb-dasturlash) kurslarida ham o’qitadi. Va ukasi 9 sinfni bitirib «Academic Lyceum under Turin Polytechnic University"ga topshiradi, piyano va baraban chalish kurslarida ham birma-bir o’qitib, ukasining hoxishi bo’yicha. Har jiyani Ibrohimni, opasi Shahnoza, pochchasi, va pochchasining ota-onasini tug’ilgan kunlarida, opasining kelin bo’lib tushgan uyiga o’z ota-onasi bilan sovg’alar olib borib, Umidning ishlab topgan pulidan.

Umidning otasi, Ozod Salomov o’z yashab turgan uyida moshina ta’mirlab, taksistlik qilib pul topar edi, onasi Muhabbat Salomova esa uyining mehmonxonasida maktab o’quvchilariga matematikadan dars o’tib, qo’shnilarga kiyimlar tikib berib.

Umid ishlab ota-onasini Umra safariga jo’natdi, opasi har ikki haftada bir, o’z tug’ilib o’sgan uyiga kelib kech tushib ketayotganida, unga ko’chadan har xil shirinliklar sotib olib, kelinlik uyiga taksida olib borib qo’yardi, o’zi keyin avtobusda uyiga qaytardi.

Ukasini «avtomaktab"da o’qisin, Bakalavriat va MBAda o’qisin, 1 oylik armiyaga, keyinchalik uylansin deb ham pul yeg’ib qo’ygan edi.

O’ziga kam kiyim sotib olib, yeb-ichishidan ham pul qizg’anib faqat va faqat pul yeg’ardi, yotoq xonasidagi seyfida. Ota-onasini endi Xaj safariga yuborish uchun ham pul to’plashni boshladi. Opasi Shahnoza va ukasi MuhammadAzizga Apple MacBook Pro sotib olib, ularning tug’ilgan kunligida sovg’a qiladi, hamda Samsung Galaxy Note20 Ultra. Otasiga esa Nexia T-250 avtomobilini sovg’a qildi, onasiga yangi tikuv moshinasi. O’ziga esa nisbatan arzonroq noutbuk va smartfon.

Va o’zining noutbukida, o’quv markazidagi ishidan uyga qaytib, Ingliz tilidan onlayn dars ham o’tar edi, rus va o’zbeklarga. Dam olish kunlari taksistlik qilib pul topar edi. Kuniga 4 soatdan uhlar. Hattoki Ingliz tilini o’rganuvchilarga har xil kitoblar ham tayyorlab, chop ettirgan edi. Oylik onlayn darslariga qatnashganlarga sovg’a qilar edi har safar. Ukasiga ham noutbukiga saqlab qo’ygan kitoblarini ko’rsatib, uning vafotidan so’ng ukasi chop ettirib, har birini qancha narxga sotishini tayinlab. Ikki aka-uka so’ngra bir birini quchoqlab ko’z yosh to’kishdi. 2018 kirib ukasini nemis tili kursiga berdi, Websterda «Bachelor of Science in Computer Science"ni bitirib, Germaniyada biznes yo’nalishi MBA bo’yicha o’qishi uchun. U yerda axborot texnologiyalariga ham e’tibor katta. Yashab turgan uyini buzib, ijaraga ko’p qavatlik uylarda yashab turib, ikki qavatlik uy qurdirdi.

2019 ham kirib keldi hademay Umid Salomov 27ga ham to’ladi. 6 oylik veb dasturlash kursini ham tugatib Ingliz tili o’rganuvchilarga har xil saytlar yaratdi. Va boshqa kompaniya, restoranlar, turli xil insonlarga saytlar yaratib pul ham ishlab topdi. Rus tilida so’zlashuvchilarga dasturlashdan darslar tayyorlab, ham sotib pul qildi, hamda noutbukiga saqlab qo’ydi. O’zbeklarga esa rus tilidan darslar tayyorlab. Ijtimoiy tarmoqlarda esa 1 yarim yil mobaynida veb-dasturlash bo’yicha har xil ma’lumotlar joylab, o’quvchilar sonini ko’paytirdi.

2019-yil 13-avgust o’z tug’ilgan kunida vafot etdi. Oila a’zolarining barchasi chuqur motamga cho’mdi. Ukasi akasining xonasidan maktub topib oldi, unda yozilishicha akasi, necha yildan beri seyfida pul yeg’ib yurgan ekan, o’sha seyfning paroli yozilgan edi. Shuningdek, akasi noutbukida onlayn o’rganuvchilar uchun har xil darslar tayyorlab saqlab qo’yganini, ukasi MuhammadAziz esa ularni sotib pul qilishini, akasining spark avtomobilini ham sotishini, o’qib, yaxshi ishlarda ishlashini, ota-onasini Xaj safariga jo’natish uchun qaysi bankga foizsiz omonat qo’yib qo’yganini yozib.

2020-yilda MuhammadAziz akasini aytgani bo’yicha Websterga bakalavr yo’nalishichi bo’yicha grantga kiradi. 2024 da esa Germaniyaga MBA bo’yicha o’qishga jo’naydi. U yerda bitirib 2028 gacha 2 yil ishlab Toshkentga qaytadi va onasi topgan qizga 25 yoshida bahor faslida uylanadi. Yozda esa onasi 55 yoshga to’lib vafot etadi. Kelin esa yomon chiqib qaynotani jerkib, yaxshi muomila qilmay, hurmatsizlik bilan, turmush o’rtog’i MuhammadAziz kelganida esa qaynotasiga xushmuomilalik bilan munosabatda bo’ladi. MuhammadAziz akasining xurmati uchun a’lo darajada o’qib, ko’p maosh to’laydigan ishda ishlab, tinim bilmay harakat qiladi, opasidan har zamonda xabar olib, jiyaniga sovg’alar olib boradi. Borgan sari kelin aynib borardi, qaynotasiga ovozini balandlatib, ko’p ovqat yeyaveradi, ayamaydi hech narsani, injiq bo’lib qolgan deb MuhammadAzizga aytaveradi. Opasi Shahnoza kelsa xushu bilan kutib olmaydi, har safar kelganida o’g’lini urishib. Bir safar hatto kelinning jiyanini urganiga, qaynopasining 8 yoshlik o’g’li Iskandarni yuziga shapaloq tortadi. Va nihoyat opasi 1 — 2 oyda bir keladigan bo’ldi. Ukasi nimaga kam keladigan bo’lgani, nima uchun otasiga faqat bir o’zi g’amxo’rlik qilishini ahir opasi ham otasining farzandi ekanligini aytadi, opasi uyida ishi ko’pligini aytib bahona qiladi.

2034-yil ham keldi, bir kuni opasi otasidan xabar olgani kelganida, kelin MuhammadAzizga opasi shu uyga ko’z tikayotganini aytib, ataylab otasiga o’zini hokisor ko’rsatib, o’zining nomiga o’tqazib olmoqchiligini aytadi. Keyin ukasi ham opasi Shahnozaga shu gaplarni aytib otasini ham, opasini ham ko’ngilligini og’ritib qo’yadi, va opasiga shapaloq tortadi, — bu uyga boshqa qadam bosmang deb. Opasi, ukasi Umid uyni buzib, boshqattan 2 qavatli uy qilib qurdirganini, MuhammadAzizni nechta universitetda, qanchadan-qancha kurslarda o’qitganini, uning armiyasi va uylanishiga ota-onasi va o’zining janozasiga pul yeg’ib ketganini aytadi. MuhammadAziz esa opasining to’yini akasi o’z bo’yniga olganini, sarpasi, uni har xil kurslarda o’qitgani, pochchasini yuqori daromadli ishga joylab qo’yganini, ko’proq opasiga pul sarflaganini aytib, uyining darvozasini ko’rsatadi.

Bir qancha oy o’tib endi navbat otasi Ozod Salomovning vafotiga yetib keldi MuhammadAziz chuqur qayg’uga cho’madi.

Ko’p pul ishlab topdi, lekin mahzun kim uchun, 31ga to’ldi, lekin hali hanuz farzandlik bo’lgani yo’q, rafiqasi Oysha bilan ko’rinmagan shifokori qolmadi ammo natija yo’q. 2036-yil o’g’li Abdulazim tug’ildi, o’zining onlayn o’quv markazini ochdi. U yerda u dastlab 3—4 tanishlari bilan birgalikda matematika, fizika, rus, ingliz va nemis tillari, piyano, baraban, gitarada chalish va IT bo’yicha dars o’tishni boshlashdi. O’zi esa ham boshliq, ham hisobchi, ham o’qituvchi, ham reklama tayyorlab tarqatuvchi bo’lib faoliyat olib bordi. 2038da o’g’li MuhammadAmir tug’ildi va uning qo’lidan 2 yoshga to’lgach vafot etishini bilib, o’zini yeg’idan toxtata olmadi.

Rafiqasi bilan har kuni janjallashar, dars o’tib, o’zini chalg’itar edi. Onlayn dars o’tishga yana 5 nafar robot yaratdi. Onlayn o’quv markazini, onlayn maktabga aylantirdi, 1 dan 10 — sinfgacha ta’lim beradigan. Rafiqasi Oysha, turmush o’rtog’idan ko’proq pul undirish maqsadida, spirtli ichimlik ichirib qo’yib, militsiya hodimini chaqirib kelib «mani urdi» deya jarimaga tortardi. Turmush qurishganiga 20 yil bo’lganida sud orqali ajrashishadi. O’zi yashab turgan ko’p qavatli binoning pastki qavatidan 3 xonalik uy olib beradi. Har zamonda 8 yoshlik qizi Munavvara kelib, otasidan pul olib ketardi. Borgan sari spirtli ichimlik ko’p ichib dars o’tishda ham sustlasha borardi. ITda ham obro’si tushishni boshladi, unga takliflar kam kelib. Har oy ishlab topgan bor pulini qiziga yoki o’g’liga berib, qolganiga ichib, mast bo’lib. Opasidan, jiyanlaridan ham xabar olmay qo’ygan. Har zamonda til o’rgatishga, va boshqa sohalarga SI (AI) bilan ishlaydigan robot yaratib qo’yardi, puliga bo’kgunicha spirtli ichimlik ichib.

2064-yili opasi Shahnoza ham 73 yoshida vafot etadi, ohirgi marta 30 yil avval otasining janozasida ko’rishgancha, endi opasining janozasida ko’zida yosh bilan turibdi, «opajon meni kechiring» deya sarxush holatda.

Yildan-yilga u yasagan robotlariga shikoyat kelib tushadigan, borgan sari ko’p ichadigan, tamaki chakadigan bo’ldi. 2068-yil 31-yanvar kuni 65 yoshida tuberkuloz bo’lib vafot etdi, barcha qolgan mablag’ini, yashayotgan uyi, va maktabini 32 yoshlik o’g’li va 28dagi qizi Munavvaraga me’ros qilib qoldirib.

Quloq solib o’tirgan nabiralardan biri «dodajon, bu hikoya hayotiymi?» deya so’raydi. Qariya esa o’sha Umid Salomovning jiyani Ibrohim G‘oziyev men bo’laman, deya javob beradi.

 
Ota: Ozod Salomov (1970)
Ona: Muhabbat Salomova (1973)
Qiz: Shahnoza Salomova (1991)
O«g‘il: Umid Salomov (1992)
O«g‘il: MuhammadAziz Salomov (2003)
 

Nabiralar: Ibrohim G‘oziyev (2015), Iskandar G‘oziyev (2021),

Abdulazim Salomov (2036), MuhammadAmir Salomov (2038), Munavvara Salomova (2040)

Kelin: Oysha Salomova (2007)

Возрастное ограничение:
18+
Дата выхода на Литрес:
10 июля 2026
Объем:
7 стр.
ISBN:
9785007010306
Правообладатель:
Издательские решения
Формат скачивания:

Похожие книги