Читать книгу: «Aka ukalar»

Шрифт:

© Umida G'oziyeva, 2026

ISBN 978-5-0070-1048-1

Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

Bir bazmda 4 yigit yeg’ilishib turishgan bo’ladi.

Abdulvojid:

Ho’sh, Abdulvohid aka kelin shunchalik go’zalmi deyman, uylanishga shoshib qoldingiz?

Abdulvohid:

Senlar gaplashgan qizlardan ancha chiroyli, aqilli va pazanda.

Abdulmojid:

Aqilli maylin, chiroyli ha maylin. Lekin pazanda ekanligini siz qayerdan darrov bildingiz?

Abdulvohid:

Ijtimoiy tarmoqlarga har doim tayyorlagan taomlari, pishiriqlar, salatlar hammasini joylab boradi.

 
Abdulmajid:
Balkim o’zi tayyorlamas.
 
 
Abdulmojid:
To’g’ri.
 
 
Abdulvohid:
U bo’lmasa boshqa kim qilar ekan?
 
 
Akalari qarab turadi.
Abdulmajid:
Opa-singlisi.
 
 
Abdulvohid:
E’tiboring uchun jiyan, u yolg’iz qiz farzand, hali ukalari kichkina.
 
 
Abdulmajid:
Bo’lmasam onasi.
 
 
Abdulmojid:
Qo’ysangchi!
 
 
Abdulvohid:
Bunisidan havotir olma. Onasi qilgan bo’lsalar yozib qo’yadi doim.
 

Abdulmajid:

Oshqozon sabab aldanib qolmang dedimda aka. (Kulib)

Abdulvohid:

Rahmat meni o’ylaganing uchun. Lekin men senga o’xshab ko’p qizlar bilan gaplashmagan bo’lsam ham, aldanadiganlardan emasman.

Abdulmajid:

OK.

Abdulvojid:

Ukam bilmagan narsanga aralashmaganing yaxshi.

Abdulmajid ikki qo’lini tepaga yarim bukib ko’tarib.

 
Abdulmajid:
Okey.
 

Kech bo’lganda Abdulvohid kelinga qo’ng’iroq qiladi.

 
Jamila:
Assalomu aleykum, qilardiz.
 
 
Abdulvohid:
Vaaleykum assalom, chaqib olmasangiz bo’lmaydiya darrov, ilon.
 

Jamila:

Ilon bo’lsam boshqasini top!

Va Jamila telefonini o’chirib stol ustiga qo’yib qo’yadi. Abdulvohid qayta va yana qayta qo’ng’iroq qilishda davom etadi. Ertasi kuni Abdulvohid Jamilani uyiga, kelin ko’ylak tanlashga, olib ketgani kelgan bo’ladi. Bir qancha vaqt o’tgach Jamila darvoza eshigini ochib chiqib, mashina tomon yurib keladi.

Jamila:

Assalomu alaykum.

Abdulvohid:

Vaaleykum assalom. Kecha o’chirib qo’ydingiz. Xayr-xushni nasiya qilib.

 
Jamila:
O’zingiz meni ilon dedingiz.
 
 
Abdulvohid:
Shunga-shunchami?
 
 
Jamila:
Bilasiz-mi nima?
 
 
Abdulvohid:
Nima?
 
 
Jamila:
Shunaqa qizlarni xurmat qilmaydigan ko’p yigitlar, qiz farzandlik bo’lishadi.
 

Abdulvohid:

Mayli, doim qizim bo’lishini istaganman.

Jamila:

Keyin sizni qizingizni ham bir yigit ilon desa, ahvolingizni o’shanda ko’raman.

 
Abdulvohid:
Sizdan zo’r ona chiqar ekan qoyil.
 
 
Chapak chalib qo’yadi, kulib.
 

Jamila:

Nima qilibdi hamma ayollar ilon-ku axir.

Abdulvohid:

Bu dunyoda hamma ayollar ilon bo’lsa ham. Bu dunyoda faqat onam, ikki singlim va o’z qiz farzandim hech qachon ilon bo’lmaydi.

 
Jamila:
Qarang-a!
 
 
Abdulvohid:
Bo’lg’usi rafiqam ham. (Jilmayib)
 
 
Jamila:
Tashakkur.
 

Abdulvohid mashinasining orqa eshigini ochib.

 
Abdulvohid:
Xotin — o’tin.
 
 
Qo’li bilan ishora qilib.
 
 
Abdulvohid:
O’tir!
 

Oradan 5 kun o’tdi zaks kuni kelin va kuyovning barcha do’st-dugonalari yeg’ilishib turishibdi. Zal bezatilgan, orqa fonda sokin va tantanali musiqa yangraydi. Eshik ochilib kelin va kuyov kirib keladi. 3 aka-uka: Abdulvojid, Abdulmojid va Abdulmajid kelin bo’lmishga qaragancha qotib qolishadi.

Kech bo’lganda Abdulmojid yotoqxonasiga kirib keladi. Va o’rindiqqa kelib o’tirib, eslashga tushadi.

2016-yil, oktyabr.

Jamila avtobus bekatida turgan bo’ladi. Oradan bir qancha vaqt o’tgach uni bir yigit yonidagi qizlarga ko’rsatayotganini sezib qoladi. Avtobus kelib hammasi chiqishadi. Jamilani yoniga bir qiz kelib.

Madina:

O’tirsam bo’ladimi?

Jamila o’rnidan turib qizni oyna tomonga o’tkazmoqchi bo’lganida.

 
Madina:
Siz oyna tomonda o’tiring!
 
 
Jamila:
Nimaga?
 
 
Madina:
Meni guruhdoshlarim bor yonimda.
 
 
Va Jamila oyna tomonga o’tirib oladi. So’ng ikkinchi qiz.
 
 
Madina:
Uyga ketyapsizmi?
 
 
Jamila:
Ha
 
 
Madina:
Biz ham.
 
 
Jamila, qizni yonida turganlarga qarab qo’yadi.
 
 
Madina:
Bizni kollejda o’qiysizmi?
 
 
Jamila:
Qaysi?
 
 
Madina:
Hozir kollej bekatidan chiqdikku birga.
 
 
Jamila:
Ha.
 
 
Madina:
Ko’rmadingiz-mi bizni?
 
 
Jamila:
Yo’q.
 

Jamila Madinani o’ng tomonida turganlarga qaraydi.

 
Madina:
Qaysi fakultetda o’qiysiz?
 
 
Jamila:
Fakultet?
 
 
Madina:
Ha.
 
 
Jamila:
Bu yer institut emas.
 
 
Madina:
Kollejda ham fakultet bo’ladi. Masalan biz «Boshlang’ich ta’lim"da. Siz?
 
 
Jamila:
Musiqa va tasviriy san’at.
 
 
Hamma qizlar:
Nima?
 
 
Jamila:
Musiqa va tasviriy san’at.
 

Madina:

Qanaqa bo’ladi, u?

Qizlardan uzoqroqda turgan yigit.

Yigit:

Musiqa va tasviriy san’at deyapti. Musiqa darsidan yoki rasm chizishdan dars beradi keyin.

Jamila tepaga, yigitga qaraydi. Va ichida o’ziga-o’zi gapiradi.

Jamila:

Bu yigit kim? Boya meni ko’rsatgan shu shekilli. Ayollarni xolasi bo’lib, nimaga aralashadi.

 
Madina:
Ismingiz nima?
 
 
Jamila:
Bilmayman.
 
 
Madina:
Odam o’z ismini bilmaydi-mi?
 
 
Jamila:
Ha.
 
 
Madina:
Meni ismim Madina. Sizniki?
 
 
Jamila:
Ismim yo’q.
 
 
Turgan qizlar:
Maylin keyin aytarlar.
 
 
2—3 bekat o’tgach, yigit avtobus eshigi oldiga borib, turib oladi. Va to’htagach tushib ketadi.
 
 
Qizlar:
Xayr Mojo. Ertagacha.
 
 
Jamila yana ichida gapiradi.
 
 
Jamila:
Namuncha.
 

Oradan 2 kun o’tib. Kollejda Madina Jamilani ko’rib qolib yoniga keladi.

 
Madina:
Meni tanidingizmi?
 
 
Jamila:
Yo’q.
 
 
Madina:
2—3 kun oldin avtobusga chiqqanda, sizdan ismingizni so’ragan edim.
 
 
Jamila:
Ha, esladim.
 
 
Madina:
Aytasizmi?
 
 
Jamila:
Yo’q.
 

Shu bilan 1 kurs tugaguncha. Madina yoki boshqa qizlar avtobusga chiqib, Jamiladan ismini so’rashadi. Ammo Jamila har doimgidek aytmasdan, jim o’tiraveradi.

Jamilani 1-chi para darsi tugab, kitob va daftarini yeg’ishtirayotgan edi. Xonaga bir guruh o’quvchilar kirib kelishdi. Va Jamilani ko’rib qolib.

O’quvchilar:

Mojo, Mojo. Mojo qayerda?

Jamila tez narsalarini sumkasiga solib xonadan chiqib ketadi. Bir necha bora shu xolat takrorlanadi. 3 kursga o’tishganida asta-sekin kamaya boshlaydi. Ammo. Jamila va guruhdosh qizlar zinadan chiqib kelishayotgan edi. Abdulmojidni guruhidagi yigitlar esa tushib.

Yigitlar:

Mojo, Mojo. Mojo qani. Mojoni qizi.

Qizlar Jamilaga xayron bo’ib qarashadi. Jamila esa telefoniga qarab chiqib ketaveradi. Oradan bir qancha vaqt o’tadi. Jamila va guruhdosh qizlar sport zaliga yetib qolishgan edi. U yerdan esa Abdulmojidning o’g’il bola guruhdoshlari chiqib kelishayotgan edi. Va Jamilani ko’rib qolishdi. Yigitlar yon-atrofga nazar tashlab.

Yigitlar:

Mojo, Mojo qani? Mojoni qizi?

Guruhdosh qizlar Jamila yana xayron bo’lib qarab.

 
Qizlar:
Seni aytishyaptimi?
 
 
Jamila:
Kim?
 
 
Qizlar:
Hozir chiqib ketgan bolalar.
 
 
Jamila:
Kim chiqib ketdi?
 
 
Qizlar:
Hozir bir guruh bolalar senga qarab «Mojo’ deb qolishdi-ku.
 

Jamila:

Yo’g’e?

Qizlardan biri:

Dilfuza opani guruhlaridagi yigitlar bular. Doim ularni darslarida xonaga kirib, Jamilani ko’rgach «Mojo’ deb qolishadi.

Boshqa qizlar:

Ha, doim xonaga kirib, Jamilaga qarab «Mojo’ deyishadi. Mojo kim o’zi.

Jamila:

Mojo ismli jiyanim bor.

Qizlar:

Jamilani yigiti yo’q. Ketdik!

Jamila yana ichida gapiradi.

Jamila:

Nimaga meni yigitim yo’q ekan? Jim yurgandan qo’rqgin deyishadi.

3-kurs ham tugab qolishiga oz qoldi.

2018-yil, aprel.

Jamila va guruhdoshlari kutubxonada, dars payti. Jamila zinadan odamlar tushib kelayotgan ovozni eshitib, eshikga qaraydi. Va shunda o’sha boshqa guruhdan ikki qizlar tanib qoladi. Va daftariga qarab, yozayotgandek o’tiradi. Qizlar ham Jamilani tanib qolib. Ularga yaqin o’tirgan yigitdan qizni ko’rsatib, ismini so’rashadi.

 
Yigit:
Jamila ismi.
 

Jamila yigitga qaraydi ’aytmang degandek’. Yigit ham xayron bo’lib qizlardan so’raydi.

Yigit:

Tinchlik-mi?

Ikki qiz:

Tinchlik, tanishimizga o’xshatib yubordik.

Yigit Jamilaga qaraydi. Jamila esa daftariga. Shu voqeadan so’ng. Qizlar Jamilani ko’rishsa gapirmay o’tib ketishar. Guruh o’qituvchisini xonasiga kirib ham «Mojo’ deyishmas edi. Va Jamila xayron bo’ladi. Uyiga yurib kelayotganida, ichida o’ziga-o’zi.

Jamila:

U bola bizga yaqin joyda avtobusdan tushib qoldi. Demak men o’sha tomonga borganimda ko’rib qolgan. Tanishiga o’xshatdi. Endi ismimni bilgach, adashganini bildi. Vaqtliroq aytsam bo’lar ekan. Bekorga qizlar shubha qilib qoldi. Ertaga kollejdan so’vchi surishtirsa, yigiti bor qizga chiqib qoldim. «Shu bolani yaxshi ko’rib olmabman, o’zini ko’rsam urgan bo’lar edim» degan edim. Bechora adashgan ekan.

Kech bo’lganda Abdulvojid yotoqxonasiga kirib keladi. Va o’rindiqqa kelib o’tirib, qo’l telefonini olgancha 2019-yilni eslashga tushadi.

2019-yil fevral.

O’zbekiston davlat konservatoriyasida 1-chi dars soati. Abdulvojid Jamilani yoniga keladi.

 
Abdulvojid:
Yaxshimisiz?
 
 
Jamila:
Yaxshimisiz?
 
 
Abdulvojid:
Ertangi uyga vazifani meni o’rnimga yozib kela olasizmi?
 

Jamila:

Yo’q, albatta.

Abdulvojid:

Men ishlayman xam. Keyin siz ishtagan shokoladdan olib beraman.

Jamila:

Birovning hech narsasiga zor emasman.

Abdulvojid:

Insondan bu dunyoda yaxshi nom qoladi. Maktab davrimda qizlar yozib berishar edi, keyin snickers olib berar edim.

Jamila:

bu yer maktab emas, yaxshi yigit.

Abdulvojid:

Maylin, xayr.

Oradan 2 kun o’tdi. Abdulvojid yana Jamilani yoniga keladi.

 
Jamila:
Bu safar nima?
 
 
 
 
Abdulvojid:
Savob uchun. (Kulib)
 
 
Jamila:
Ho’p, maylin.
 
 
Ertasi kuni.
 
 
Abdulvojid:
Yaxshimisiz?
 
 
Jamila:
Siz so’ragandan beri. Mana daftaringiz.
 
 
Jamila o’tirgan joyida qo’lini ko’tarib, daftarni tutadi. Va Abdulvojid jilmaygancha oladi.
 
 
Abdulvojid:
Men Abdulvojid.
 
 
Jamila:
Bilaman. (Jilmayib)
 
 
Abdulvojid:
Maylin, Jamila.
 

Abdulvojid orqasiga qayrilib yurib-ketayotgan joyida, ortiga o’girilib qaraydi. Jamila ham unga qarab qo’yadi. Keyingi hafta 1-chi dars boshlanishidan avval Abdulvojid Jamilani yoniga kelib o’tiradi.

 
Jamila:
Assalomu aleykum.
 
 
Abdulvojid:
Vaaleykum assalom. Sizning yoningizda o’tirsam xalaqit qilmayman-mi?
 
 
Jamila:
Yo’q, bemalol.
 
 
2019-yil Sentyabr. 2-kurs davri.
 
 
Abdulvojid:
Qaleysan?
 
 
Jamila:
Assalomu aleykum.
 
 
Abdulvojid:
Vaaleykum assalom.
 
 
Jamila:
Siz uchun kakao kukuni solib pishiriq pishirib keldim.
 
 
Jamila sarafanga solingan keksni beradi va Abdulvojid sumkasiga solib qo’yadi.
 
 
2020-yil dekabr.
Abdulvojid Jamila bilan darsdan oldin selfiega tushib olishadi.
 
 
Jamila:
Qish ham keldi.
 
 
Abdulvojid:
Ha.
 
 
Jamila:
Vaqtni tez o’tishini qarang!
 
 
Abdulvojid:
4-chi kursga o’tib, uni ham eson-omon tugatib olsak. Oyim siznikiga so’vchilikga boradilar.
 

Jamila:

Uyimizga adamlarni o’rtoqlarini o’g’lidan so’vchi keladi.

Abdulvojid:

Bo’ying yetib qolibdi-da. (Kulib)

 
Jamila:
Kulmang! (Xafa bo’lib)
 
 
Abdulvojid:
Ayt! oldin o’qishni tugatay.
 
 
Jamila:
Adamlarga bunaqa deya olmayman.
 
 
Abdulvojid:
Oyinga ayt!
 
 
Jamila:
Aytib bo’lganman.
 
 
Abdulvojid:
Yana ayt!
 
 
2022-yil yanvar.
Abdulvojid va Jamila baxs olib borishayapti. Keyin Abdulvojid joyidan turib, chiqib ketayapti.
 

Jamila:

Boshingizga kiying Abdulvojid!

Va Jamila ham joyidan turib, qo’lida bosh kiyim bilan, yigitning ortidan chiqib ketdi.

 
Jamila:
To’xtang!
 
 
Erkak o’qituvchi:
Bir uyda yashay qolishsin.
 
 
O’quvchi qiz:
Ustoz nima deyapsiz?
 
 
Ustoz indamay kitobga qarab oladi.
 
 
O’quvchi qiz:
Aaa, ustoz. Bunaqa demang! Jamila juda yaxshi qizlar.
 
 
2022-yil Aprel
Jamila yeg’lab o’tiribdi.
 
 
Abdulvojid:
Nimaga yig’layapsan?
Jamila:
Nimaga imtixonlarga yaxshilab tayyorgarlik qilmayapsiz?
 
 
Abdulvojid:
Qilyapman.
 
 
Jamila:
Ertaga imtixondan o’ta olmasangiz-chi?
 

Abdulvojid:

O’taman, xavotir olma! Bilasan ham ishlayman.

 
Jamila:
Oldin yaxshi o’qir edingiz.
 
 
Abdulvojid:
Ayrim darslarimni qilishimga yordamlash.
 
 
Jamila:
Qanchasiga yordam berdim. O’zingiz ham qilishingiz kerak-ku.
 

Abdulvojid:

Qilaman, xavotir olma barcha fanlardan faqat 5 olaman.

 
Jamila:
Tashab qo’ydingiz o’qishni.
 
 
Abdulvojid:
Ho’p, yig’lamagin faqat!
 
 
2022-yil Oktyabr
 
 
Toshkent shahar 26-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi.
 
 
Abdulmajid:
Yaxshimisiz?
Jamila:
Assalomu aleykum.
 
 
Abdulmajid:
Vaaleykum assalom. Siz yangi kelgan bo’lsangiz kerak?
 
 
Jamila:
Ha.
 
 
Abdulmajid:
Men ham shu yil bahor oxirlaridan ishlashni boshlagan edim. Ismim Abdulmajid.
 
 
Jamila:
Jamila.
 
 
Abdulmajid:
Siz ham fortepiano mutaxassisligi bo’yicha-mi?
 
 
Jamila:
Ha.
 
 
Ertasi kuni.
 
 
Abdulmajid:
Yaxshimisiz?
 
 
Jamila:
Assalomu aleykum. Yaxshi. O’zingiz?
 
 
Abdulmajid:
Vaaleykum assalom. Yaxshi.
 
 
Abdulmajid:
Agar biror nimada muammo bo’lsa, menga aytsangiz bo’ladi.
 
 
Jamila:
Rahmat.
 
 
Yana keyingi kun.
 
 
Abdulmajid:
Xormang!
 
 
Jamila:
Salomat bo’ling!
 
 
Abdulmajid:
Muammo yo’q-mi?
 
 
Jamila:
Yo’q.
 

Oradan ikki hafta o’tdi. Jamila sinf xonadan tashqarida kezib yuribdi, Abdulmajid uni ko’rib yoniga keladi.

Abdulmajid:

Tinchlik-mi, kimnidir qidiryapsiz-mi?

Jamila:

Bu maktabda usta bor-mi?

 
Abdulmajid:
Nima muammo?
 
 
Jamila:
Noutbukimda yoy ishlamay qoldi.
 
 
Abdulmajid:
Ha, masalan bir ilovadan boshqasiga o’ta olmayapsiz?
 
 
Jamila:
To’g’ri.
 
 
Abdulmajid:
Buni yo’li oson.
 
 
Jamila:
Usta bor-mi?
 
 
Abdulmajid:
O’zim usta.
 
 
Jamila:
Rostdan?
 
 
Abdulmajid:
Albatta.
 
 
Sinf xonaga kirib ketishdi. Oradan biroz vaqt o’tdi.
Sinf xonasida.
 
 
Jamila:
Rahmat sizga kattakon.
 
 
Abdulmajid:
Nima muammo bo’lsa, menga aytavering!
 
 
Jamila:
Ho’p bo’ladi.
 
 
Abdulmajid:
Ishlaringizga omad.
 
 
Jamila:
Sizning ham.
 
 
Va Abdulmajid sinf xonasidan chiqib ketadi.
Oradan ikki oy o’tdi. Abdulmajid Jamilaning xonasiga kirib keladi.
 

Abdulmajid:

Kirsam bo’ladi-mi?

Jamila:

Xonaga kirib bo’lib, ruxsat so’rashganini birinchi marta ko’rishim.

Abdulmajid:

Hazil-mutoyibaga usta ekansiz Jamila. (jilmayib)

 
Jamila:
Qovun qovundan tus olar. (jilmayib)
 
 
2023-yil Yanvar
Jamila Abdulmajid sinf xonasi eshigini taqillatadi.
 
 
Jamila:
Mumkin-mi?
 
 
Abdulmajid:
Albatta.
 
 
Jamila:
Sizdan bir nima so’ramoqchi edim.
 
 
Abdulmajid:
Ikki qulog’im sizda.
 
 
Jamila:
Sizda 90-yillar mashhur qo’shiqlari bor-mi?
 
 
Abdulmajid:
O’zimizniki-mi?
 
 
Jamila:
Aralash bo’lsa nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.
 

Abdulmajid:

Ertaga fleshkani olib kelsam bo’ladi-mi?

Jamila:

Albatta, juda shoshilinch emas.

Oradan 1 hafta o’tdi. Jamila fortepianoni bir u tomonidan, bir esa bu tomonidan aylanib yurganini Abdulmajid ko’rib qolib xonaga kirib keladi.

 
Abdulmajid:
Muammo bor-mi Jamila?
 
 
Jamila:
Assalomu aleykum.
 
 
Abdulmajid:
Vaaleykum assalom.
 
 
Jamila:
 
 
Fortepianodan kuy tovushlari to’g’ri chiqmayap-ti.
 

Abdulmajid:

Men bir ko’zdan kechiraychi.

Jamila bir chetga o’tib, Abdulmajid fortepianoni o’ng tarafiga o’tib oladi. Oradan bir oz vaqt o’tib.

Abdulmajid:

Chalib ko’ring!

Jamila fortepianoni chalib ko’radi. Va…

 
Jamila:
Rahma sizga kattakon.
 
 
Abdulmajid:
Yana muammo bo’lsa aytarsiz.
 
 
2023-yil Fevral
Jamila Abdulmajid xonasini eshigini taqillatadi.
 
 
Abdulmajid:
Kim?
 
 
Jamila:
Men Jamila.
 
 
Abdulmajid:
Kiravering!
 
 
Jamila:
Xormang!
 
 
Abdulmajid:
Salkmat bo’ling!
 
 
Jamila:
Yarim soat oldin kelganimda yo’q ekansiz.
 

Abdulmajid:

Zaril ishlarim bor edi. Javob so’ragan edim.

Jamila:

Siz mendan avval bu yerda ish faoliyatini boshlagan ekansiz.

 
Abdulmajid:
Ha, xizmat.
 
 
Jamila:
O’quvchilarga nimalar o’rgangansiz. Yo’l-yorig’ini aytib bea olasizmi?
 

Abdulmajid:

Aytib beraman.

2023-yil Aprel

Abdulmajid o’zining sinf xonasidan chiqib Jamilanikiga yurib keladi va eshikni taqillatadi.

 
Jamila:
Kim?
 
 
Abdulmajid:
Men, Abdulmajid.
 
 
Jamila:
Kiravering!
 
 
Abdulmajid:
Xormang!
 
 
Jamila:
Assalomu aleykum. Salomat bo’ling!
 

Abdulmajid:

Vaaleykum assalom. Hech qanday muammo yo’q-mi?

Jamila noutbukida qo’shiqlarning notalarini ko’rib o’tirgan edi. Abdulmajid Jamila tomonga kelib, egilib noutbukga qaraydi.

Jamila: (ichida)

Nimaga kelyapti? Yordam so’ramadim-ku.

 
Abdulmajid:
Yordam kerak-mi?
 
 
Jamila:
Yo’q, rahmat.
 
 
Abdulmajid:
Qo’shiqlarning notalarini osson topyapsiz-mi?
 
 
Jamila:
Ha.
 
 
Abdulmajid:
Keling qidirishga yordam beraman.
 
 
Jamila:
Yo’q, rahmat. O’zim topa olyapman.
 

Abdulmajid:

Ha, o’zingiz qila olyapsiz-mi?

 
Jamila:
Ha.
 

Va Abdulmajid bir oz vaqt qarab turib, keyin sinf xonasidan chiqib ketadi.

20.05.2025

Abdulvohid va Jamila nikoh stoli qarshisiga kelib turishadi. Oradan bir oz vaqt o’tib.

FHDYO xodimi: (Vazmin va tabassum bilan)

Assalomu alaykum, aziz mehmonlar! Bugun biz ikki yoshning mustaqil hayot ostonasiga qo’yayotgan ilk qadamlariga guvoh bo‘lib turibmiz.

(Abdulvohidga qarab)

Abdulvadudov Abdulvohid Abdulvahhob o’g’li — Abduljalilova Jamila Jamoliddin qizini o’z ixtiyoringiz bilan umr yo’ldoshi sifatida qabul qilib, u bilan baxtli oila qurishga rozimisiz?

Abdulvohid:

Ha.

FHDYO xodimi: (Jamilaga yuzlanib)

Abduljalilova Jamila Jamoliddin qizi, siz Abdulvadudov Abdulvohid Abdulvahhob o’g’lini munosib turmush o’rtog’i sifatida qabul qilib, u bilan ixtiyoriy ravishda oila qurishga rozimisiz?

Jamila: (yerga qarab, pastroq ovozda)

Ha.

FHDYO xodimi:

U holda marhamat, nikohingizni imzolaringiz bilan muhrlab qo‘ying!

Kechki payt restoranda 4 aka-ukalar yeg’ilishgan.

Abdulmojid:

Abdulvohidaka kelin bilan qanday tanishgansiz?

Abdulvohid:

Hamma qanaqa tanishsa huddi shunday.

Abdulmojid:

Shunchaki qiziqdim, jaxlingiz chiqmasiz?

Abdulvohid:

Yo’q, nimaga jaxlim chiqishi kerak? Qiziqish tabiiy holat.

Abdulmojid:

To’g’ri aytasiz.

Abdulvohid:

Ha, darvoqe Jamila sen o’qigan kollejni tamomlagan.

Abdulmajid va Abdulvojid xayron bo’lib Abdulmojidga qarashadi.

 
Abdulmojid:
Yo’g’e?
 
 
Abdulvohid:
Va Abdulvojid sen o’qigan konservatoriyani ham.
 
 
Abdulvojid:
Ha, bir guruhda o’qiganmiz.
 
 
Bari xayron bo’lib qaraydi.
 

Abdulvohid:

Ishqilib yoqtirib qolmaganmisan? (kulib)

Abdulvojid:

Bilasiz ham ishlab, ham o’qir edim. QIzlarga vaqt qayerda.

Abdulmojid:

Lekin bir guruhdosh qiz bilan ko’p telefonda suxbat qurar eding.

Abdulvohid va Abdulmajid, Abdulvojidga qarashadi.

Abdulvojid:

Guruhda qizlardan faqat Jamila emas edi.

Abdulvohid:

Jamila kenayi desang bo’lar edi.

Abdulvojid:

Mendan bor yo’g’i oyiga katta halos.

Abdulvohid:

Jamilaxon bo’lmasam.

Kech bo’lganda Abdulvohid Jamilaga qo’ng’iroq qiladi.

 
Jamila:
Assalomu aleykum.
 
 
Abdulvohid:
Vaaleykum assalom. Uydagilar nima deyishdi?
 

Jamila:

Bari hursand bo’lib tabriklashdi. Nimalar bilan bandsiz?

 
Abdulvohid:
Hozir restorandan keldim.
 
 
Jamila:
Do’stlaringiz bilan-mi?
 
 
Abdulvohid:
Yo’q, 5—6 soat oldin sizga tanishtirgan ukalarim bilan.
 
 
Jamila:
Ular sizga qarindosh-mi?
 
 
Abdulvohid:
Ha.
 
 
Jamila:
Qanday?
 
 
Abdulvohid:
Qanday bo’lishi kerak bo’lsa, huddi shunday Jamilaxon.
 
 
Jamila:
Ya’ni…
 
 
Abdulvohid:
Tushundim. (kulib)
Abdulvojid, Abdulmojid, va Abdulmajid amakim Abdulmatinni o’g’illari.
 

Jamila:

Shunchaki, barini yoshi tengga o’xshaydi, ammo o’zligi o’xshash emas.

Abdulvohid:

Sizni gurihdoshingiz Abdulvojid eng kattasi 26 yosh.

Jamila: (ichida)

Men bilan bir guruhda o’qiganini aytib beribdida, gaplashgan qizim bo’lgan deb ham aytmagandir.

Abdulvohid:

Abdulmojid siz o’qigan kollejda siz bilan bir yilda o’qigan. Sizlardan bir yilga kichkina ammo. Akasi bilan bir sinfda o’qigan.

 
Jamila:
Abdulmojid?
 
 
Abdulvohid:
Ha, Mojo.
 
 
Jamila: (ichida)
Mojo tanish.
 
 
Abdulvohid:
Abdulmajid esa 2001 da tug’ilgan. Sizlardan ikki yilga kichkina, lekin u ham 6 yoshdan maktabga chiqqan va 11 yillik ta’lim tizimi bilan siylangan. (kulib)
 
 
Jamila:
Ha, Abdulmajidni taniyman.
 
 
Abdulvohid:
Nima u bilan ham qayerdadir birga o’qiganmisiz?
 

Jamila:

Yo’q, bir maktabda ishlaganmiz.

Kafeda hali ham Abdulvojid o’ylanib o’tiribdi.

Abdulvojid:

Akamga men u qiz bilan 3 yil gaplashib yurganimni aytay-mi? Yo’q, ular endi qonunan bir oila bo’lishdi, faqat nikoh oqshomi qoldi. O’ta e’tibor talab qiz edi. O’ta mexribon. Onalarni tushunsa bo’ladi.

Abdulmojid uyining mehmonxonasida.

Abdulmojid:

Jamila akamga turmushga chiqadi. Tog’ tog’ bilan emas, odam odam bilan uchrashadi.

Abdulmajid:

Akam nima qilgan ekanlar? Men shuncha harakat qilib o’xshamagan.

Ertasi kuni Abdulmajid Jamila bilan birga ishlagan maktabga boradi. Va Jamilani sinf xonasi eshigini taqillatib, ochib qaraydi.

 
Abdulmajid:
 
 
Mumkin-mi?
 
 
Jamila:
Albatta.
 

Abdulmajid yurib kelib Jamilani to’g’risiga kelib o’tiradi.

 
Jamila:
Assalomu aleykum.
 
 
Abdulmajid:
Vaaleykum assalom. Yaxshimisiz?
 
 
Jamila:
Rahmat, yaxshi. O’zingiz?
 
 
Abdulmajid:
Yaxshi. Men sizdan bir nimani so’rashga keldim.
 
 
Jamila:
Ho’sh.
 
 
Abdulmajid:
Mojo yodingizga tushdi-mi?
 
 
Jamila:
Mojo yo’q. (xayron bo’lib)
 

Abdulmajid:

Mojo bilan parallel guruhlarda o’qigansizlar, kollejda.

 
Jamila:
Yo’q.
 
 
Abdulmajid:
Mojo, Mojo, Mojo. Ularni guruhdagi bolalar sizni ko’rishligi bilanoq akamni qidirib qolishgan.
 
 
Jamila:
Ha, yodimga tushdi.
 
 
Abdulmajid:
Nega ulardan hatto ismingizni qizg’ansiz?
 

Jamila:

Qizlar gaplashib o’tirganimizada, qizlarni xolasi bo’lib gap qo’shganlariga. Meni ko’rishsa Mojoni qizi deyishgan.

Abdulmajid:

Yolg’on. (Yerga qarab)

Jamila:

Qayerdan bilaman balkim meni ilintirishga garov o’ynagandir akangiz.

 
Abdulmajid:
Abdulvojid akam?
 
 
Jamila:
3 yillik vaqtim uvol bo’ldi.
 

Abdulmajid:

Tushunarli, men?

Jamila:

Siz memdan kichkinaligingizni boshida sezganman. Ham yigit zoti bilan umuman ishim yo’q edi. Vaqtni qadriga yetadigan bo’ldim akangizdan so’ng.

Abdulmajid:

Abdulvohid akamchi?

Jamila:

Boshida sezgandek bo’ldim. Keyin bir kuni uyimga sovchilarini yubordilar. Yo’q javobini berdim, yana yubordilar.

 
Abdulmajid:
Yana o’sha javob.
 
 
Jamila:
Xabaringiz bor ekan.
 
 
Abdulmajid:
Amakim o’g’li bir qizni uyiga 3 marta so’vchi yuboradilar-ku bilmayman-mi? (Kulib)
 

Jamila:

Adam gaplashdilar, va ularni yoqtiribdilar. Osson bo’ldi.

 
Abdulmajid:
Baxtli bo’linglar.
 
 
Jamila:
Rahmat, sizlar ham.
 
 
Va Abdulmajid o’rnidan turib, xonadan chiqib ketadi.
 
Возрастное ограничение:
12+
Дата выхода на Литрес:
10 июля 2026
Объем:
13 стр.
ISBN:
9785007010481
Правообладатель:
Издательские решения
Формат скачивания:

Похожие книги