Ilhom kelganida

Текст
0
Отзывы
Читать фрагмент
Отметить прочитанной
Как читать книгу после покупки
Ilhom kelganida
Шрифт:Меньше АаБольше Аа

Редактор Ибратжон Хатамович Алиев

Редактор Фаррух Муроджонович Шарофутдинов

Корректор Ибратжон Хатамович Алиев

Дизайнер обложки Ибратжон Хатамович Алиев

Корректор Фаррух Муроджонович Шарофутдинов

© Abdulaziz Asqaraliyev, 2021

© Ибратжон Хатамович Алиев, дизайн обложки, 2021

ISBN 978-5-0055-3386-9

Создано в интеллектуальной издательской системе Ridero

So’z boshi

Har yangi kun biz uchun yangidan yangi g’oya va sovg’alarini taqdim etadi. Va albatta, bizning oramizdagi hamkasblarim soni ham oshib bormoqda. Va albatta, bizning qatorimizga kirmoqchi bo’lgan yosh insonlar ham bordir. Bu kitob, ularning biri – Abdulaziz Asqaraliyevning birinchi she’rlar to’plamidir.

Shoir, o’zining yoshiga qaramasdan, qiziq va katta mavzular haqida ham mulohazalarni olib bormoqda. Albatta, hatolarsiz bo’lmadi, lekin bu yosh shoirning yozgan satrlariga boqgan holda, yirik iqtidor sohibi borligini aytib o’tish shart.

Asqaraliyev Abdulaziz 2007-yilning 23-iyul kuni Farg'ona viloyati Rishton shahrida tavallud topgan. Hozirda Farg'ona viloyati Rishton tumanidagi 2-umumta'lim maktabdagi 9-A sinifida tahsil olmoqda. Sher yozishni 10 yoshdan boshlagan yosh shoirlarimizdan.

Ishonamiz-ki, kun kelib, bu yosh iqtidor sohibi, bizning qatorimizga kirib, bugungi kunda rivojlanayotgan «Electron» tashkiloti a’zosi bo’ladi va biz bilan birgalikda insoniyatning kelajagini yaratadi! Ilo, bizning maqsad – kelajakni barpo etishdir! Balki bu iqtidor kelajakda bizning ulug’ yurtimizni yangi o’rinlarga olib chiqib, she’riyatning go’zal olamida o’zining izini qoldirar, hozir esa, biz yosh shoirga omad tilab, uning ajoyib kichik asarlaridan bahramand bo’lishga oshiqmoqdamiz…

Jo’jacha

 
Bir tovuqni jo’jasi
Tuxumdan yorib chiqdi.
Shunday ko’zini ochsa,
Yonidan mushuk chiqdi.
Uni ko’rgan jo’jacha
Juftagini rostladi.
«Qani oyim?» – deb jo’ja,
Oyisin ko’p izladi.
Niyatiga yetti u,
Oyijonin topdi u,
Quchog’iga otilib,
Chichilab yig’ladi u.
Jo’jacha katta bo’lib,
Xo’rozboyga aylandi.
Erta tongda uyg’ondi.
Qichqirishga shaylandi.
 

Islom bobo

 
Islom bobom bizlarni,
O’z farzandim deganlar,
Istiqlolni birinchi
Ular qurib berganlar.
Mustaqil o’zbegimni
Butun dunyo tan oldi.
O’zbekiston atalmish
Diyor borligin bildi.
Xotirangiz dilimizda
Abadiy mangu qolar.
Siz qilgan ishlaringiz
Biz yoshlarga yo’l bo’lar.
 

Maktab

 
Biz maktabga borganda,
Chalinadi qo’ng’iroq.
Biz xonaga kirganda,
Qarshi olishar ustoz.
Shirin tabassum bilan,
Boshlanadi bizning dars.
Bor-yo’qdan so’ng boshlanar
Bizning o’qish darslik ham.
Ziyrakroq bo’l, do’stginam,
A’lochi bo’l, do’stginam,
Zehningni ishga solgin,
Bilimdan ol, do’stginam.
Dars paytida pichirlab
Fikrin bo’lma hammani,
Undan ko’ra tinglagin,
Jamilaxon ustozni.
Bu she’rimni kechasi,
Kechqurun tunda yozdim,
Davomini yozay deb,
G’aflatda uxlab qoldim.
 

Notanish kitob

 
Men bir notanish kitob,
Topib oldim ko’chadan.
Asta qolimga olib,
Sekin vaqog’in ochdim.
Yozilarmish unda she’r,
Yozilarmish g’azallar.
Yana unda yozilar,
Chiroyli so’z-naqllar.
Otam ayganlardek
Baqirdim kimniki deb
Hech kim quloq solmadi
Kitob o’zimg boldi.
U kitobdan ancha
Bilimim oshirib oldim
Kitob insonga do’st deb
Mag’zini chaqib oldim.
Oradan yillar o’tib,
Topdim kitob egasin.
Sov’ga uchun tanladim,
Bir do’stimning ukasin.
 

Vatan

 
Vatan mrning onamdir,
Vatan mening jonimdir,
Tomirimda oqayotgan
Temuriylar qonidir.
Yer ustida qurilgan,
Jannatimsan sen mening.
Osmon ostida turgan,
Yagonamsan, sen mening.
Necha-necha olimlar-u
Donolarning makoni
Buxoriylar yurtidursan
Beruniylar oshiyoni.
Tari’fingni qancha maqray
Shuncha kam so’zim mening
Bobolardan meros qolgan
O’zbekistonim mening.
Seni sevmoq uymondandir
Degan Payg’ambarimiz
Senga jonim fido bo’lsin
Degan Islom bobomiz.
 
Бесплатный фрагмент закончился. Хотите читать дальше?
Купите 3 книги одновременно и выберите четвёртую в подарок!

Чтобы воспользоваться акцией, добавьте нужные книги в корзину. Сделать это можно на странице каждой книги, либо в общем списке:

  1. Нажмите на многоточие
    рядом с книгой
  2. Выберите пункт
    «Добавить в корзину»