«Mavzu ishlanmasi» tayyorlashning innovatsion xarakterga ega bo’lgan metodi. Monografiya

Текст
Читать фрагмент
Отметить прочитанной
Как читать книгу после покупки
Шрифт:Меньше АаБольше Аа

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari o’rganilgan.

Amaliy natijalari esa texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning mazmun-mohiyati mualliflik yondashuvi asosida pedagogik nuqtai nazardan tahlil etilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va fan o’qituvchisining boshqarish mehanizmini takomillashtirishning o’ziga xos orqalilari, asosiy funktsiyalari, ta’lim sifati va samaradorligini aniqlash yo’llari o’rganilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishda xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida o’qituvchilarning boshqaruv faoliyatini takomillashtirish jarayonida kasbiy mahoratini oshirib borish mexanizmi yaratilgan;

– texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishda xalq ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida sifatning yalpi menejmenti kontseptsiyasiga asoslangan sifat va samaradorlikni yanada rivojlantirish tizimi joriy etilgan hamda uni baholashning modeli, kvalimetrik shkalalari va algoritmi ishlab chiqilgan/43/.

Uquv qo’llanmaning mamlakatimiz va horijiy davlatlarda amalga oshirilgan pedagogika sohasidagi ilmiy tadqiqot metodlariga asoslanganligi, qo’llanilgan usullar va zamonaviy yondashuvlar, nazariy mahlumotlarning rasmiy manbalardan olingani, keltirilgan tahlillar va tajriba-sinov ishlari samaradorligining matematik-statistik metodlari vositasida asoslanganligi, xulosa, taklif va tavsiyalarning amaliyotda joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli to’zulmalar tomonidan tasdiqlangani bilan izoxlangan. SHuningdek, ta’lim muassasasi rahbari va pedagog hodimlarning vazifalaridan kelib chiqib, texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati mehanizmini takomillashtirish asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning tizimli yondashuv texnologiyasini amaliyotga qo’llash samaradorligini keng miqyosda batafsil tashkil etilgan va o’tkazilgan tajoiba-sinov ishlari jarayonida o’z aksini topgan.

Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish yuzasidan tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati, taklif etilgan modellarning tushintirish mehanizmi, ilmiy-metodik va psixologik va pedagogik asoslarning mavjudligi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy yondashuv asosida tashkil etish, o’quv reja va dasturlarni takomillashtirish mehanizmlarini ishlab chiqish, ta’lim sifati va samaradorligi rivojlantirishda foydalanilishi bilan izohlanadi.

Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirish tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati umumiy o’rta Ta’limi muassasalarida, xalq Ta’limi xodimlarining qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalarida o’qituvchilarning boshqaruv faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha mehyoriy-huquqiy hujjatlar va chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlashda, uning mazmuni va sifatiga qo’yiladigan davlat talablarini ishlab chiqishda, tinglovchilarning malaka oshirishdan keyingi faoliyati samaradorligi monitoringi mexanizmini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Umumiy o’rta ta’lim maktab (UO’TM) larida texnologiya fanini o’qitishda texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va o’qituvchining boshqarish faoliyati mexanizmini takomillashtirish yo’nalishida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari, umumiy o’rta ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida UO’TMda texnolgiya fanida texnologik tahhlim jarayonini tashkil etish va o’qituvchining boshqaruv faoliyati mehanizmini takomillashtirish sohasidagi taklif va mulohazalardan O’zbyokiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat Ta’lim Standartlari (DTS) ni tasdiqlash to’g’risida”gi 187-son qarori 3-ilovasi bilan tasdiqlangan «Umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo’yicha malaka talablari»da belgilangan kommunikativ, axborotlar bilan ishlash, o’zini o’zi rivojlantirish, milliy va umummadaniy kabi tayanch kompetentsiyalarni shakllantirishga oid tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11—03/03-1293-sonli mahlumotnomasi). Natijada umumiy o’rta ta’lim maktablarida DTS iga muvofiq texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va o’qituvchining boshqarish faoliyati maxanizmini takomillashtirish yo’nalishida rahbar va o’qituvchilarning masuliyati va kasbiy kompetentligini rivojlantirish mexanizmlari belgilangan.

UO’TMda ta’lim-tarbiya jarayonlari sifat va samaradorligini tahminlash mexanizmlarini takomillashtirish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishga oid mualliflik g’oyalaridan A1-XT-1-33147-raqamli «Uzluksiz ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorligini oshirish texnologiyalari» nomli amaliy (2012-2014 yillar) loyiha hamda F1-XT-0-020452-raqamli «Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan konstruktiv tahsir etishning nazariy va metodologik asoslari» fundamental (2012-2015 yillar) tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11-03/03-1293-sonli mahlumotnomasi). Natijada, dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalar bilan ishlash hamda texnologik ta’lim jarayonlarni tashkil etish va boshqarish, sifat va samaradorlikni oshirish mexanizmlari takomillashtirilgan.

UO’TMda texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarishga umumiy o’rta ta’lim maktablari o’qituvchilarini tayyorlashga oid muallif takliflari va g’oyalaridan Xalq ta’limi vazirligining 2017 yil 10 avgustdagi «Xalq ta’limi tizimida o’zluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish va ilmiy-metodik xizmatni takomillashtirish to’g’risida»gi 258-sonli buyrug’i 1-ilovasi bilan tasdiqlangan «Xalq ta’limi tizimida o’zluksiz malaka oshirish jarayonlarini tashkil etish to’g’risida Nizom»ni tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ta’lim markazining 2020 yil 10 noyabrdagi 01/11—03/03-1293-sonli ma’lumotnomasi). Natijada UO’TMlari o’qituvchilari uchun o’zluksiz malaka oshirish (metodist-o’qituvchi tayyorlash) jarayonlarini strategik yondashuv asosida tashkil etish texnologiyalari joriy etilgan.

Shuningdek, O’zbyokiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 noyabrdagi «O’zbyokistonning yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 6108-sonli Farmoni, O» ЎЎzbyokiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 25 yanvardagi «» «Xalq ta’limi sohasidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatini qo’llab quvvatlash hamda o’zluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to’g’risida» Qarori asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati mehanizmini o’zluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish asosida tashkil etish masalalari o’rganilgan. Bu esa malaka oshirish ta’limining ichki va tashqi nazoratini amalga oshirishni yagona yondashuv asosida tashkil etish imkoniyatlari yaratilgan.

I-BOB. TEXNOLOGIK TA’LIM JARAYoNLARINI TASHKIL ETISH VA BOSHQARUV FAOLIYaTI MEHANIZMINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY – NAZARIY ASOSLARI

O’quv qo’llanmaning «Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-nazariy asoslari» deb nomlangan birinchi bobida ta’lim jarayonlarini tashkil etishning boshqarish ob’ekti sifatida tavsiflangan. Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik, psixologik va pedagogik asoslari hamda o’ziga hos hususiyatlari, shuningdek, ta’lim jarayonini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish yo’llari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilingan.

1.1.Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmini takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari

Jahon hamjamiyatining asosiy maqsadi barkamol avlodni tarbiyalash, ta’lim tizimini yanada rivojlantirishda o’qituvchining dars jarayonidagi boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashish zarurati tug’ilmoqda. Bu esa umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchisidan yanada yuksak mashuliyat, o’z ustida mustaqil ishlash va doimiy malakasini oshirib borish bilan o’zining kompetentlilik darajasini muntazam ko’tarib borishni taqazo etadi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohatlardan ko’zlangan maqsadga erishishda Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismi Kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimining samaradorligini zamonaviy talablar asosida oshirib borish vazifalari qo’yilmoqda va bu vazifalarni ijrosini tahminlash hukumatning mehyoriy-huquqiy hujjatlarida o’z aksini tongan /44—49/.

Jumladan, umumiy o’rta Ta’lim maktablarida texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish bilan bog’liq ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalarida, jumladan London universiteti qoshidagi ta’lim instituti (Angliya), Kaliforniya va Ogaya universitetlari (AQSH), Vullongog universiteti (Avstraliya), Tokio pedagogika universiteti (Yaponiya), Moskva davlat universiteti boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazida olib borilmoqda.

Dunyo hamjamiyatida aks etayotgan ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning kontekistida (manzarasida) aks etishi orqali yuzaga keladigan kommunikativ munosabatlar, ahborotlarni o’zatish va qabul qilish hamda uni qayta ishlash bilan undan mahlum maqsadlarda foydalanish orqali inson omili bilan bog’liq bo’lgan masalalarning ilmiy-nazariy yechimlari aniqlanmoqda. SHuningdek, mamlakatimizning oliy Ta’lim tizimida professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy Ta’lim muassasalarida sifatni tahminlash mexanizmi yaratilgan (Bosh ilmiy metodik markaz, O’zbyokiston).

 

Hozirgi kunda ayrim mamlakatlarda jumladan, Moskva davlat universiteti qoshida boshqaruv kadrlarni tayyorlash o’quv-ilmiy markazi faoliyat ko’rsatyapti, mamlakatimizda esa oliy ta’lim tizimida professor-o’qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish orqali oliy Ta’lim muassasalarida sifatni tahminlash mexanizmi yaratilgan.

Lyokin, hech bir mamlakatning ta’lim tizimida oliy mahlumot beruvchi rahbar hodim tayyorlovchi ta’lim muassasasi mavjud emas. Mo’tahassis hodimning rahbarlik salohiyati o’zining ish faoliyati jarayonida jamoada shakllanib boradi. SHu bois so’ngi yillarda fan o’qituvchisi boshqaruv faoliyatining kompetentlik darajasini yanada yuksaltirish muammosini malaka oshirish tizimi orqali amalga oshirishga alohida ehtibor qaratilmoqda. Ushbu muammoni bartaraf etishda o’qituvchilardan yuksak kasbiy salohiyat, pedagogik mahorat va insoniy fazilatlarga ega bo’lish talab etiladi. O’qituvchilarni malaka oshirish jarayonida boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasini oshirish va ko’nikmalarini shakllantirish yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqotlarida bir qator ilmiy natijalar olingan /50—52/.

Yuqorida tahkidlab o’tganimizdek, ta’lim tizimida ham rahbarlar tayyorlaydigan oliy dargoh yo’q, natijada kechagi o’qituvchi bugun maktab direktori, keyinchalik esa tuman, shahar halq ta’limi bo’limi mudiri kabi lavozimlarni egallashi mumkin, lyokin unda faqatgina o’zidan oldingi ishlagan rahbarlar faoliyati bo’yicha tahsurotga ega bo’ladilar holos.

Bunday holatlarda malaka oshirish jarayonida o’qituvchining rahbarlik faoliyatini shakllanishi muhim ahamiyat kasb etadi, ayrim holatlarda fikrlash va dunyoqarashlarning o’zgarishi, tinglashni o’rganish, muammolarning mazmun-mohiyatini tushina bilishi, fikrlarga munosabat bildirishi, qaror qabul qilishdagi shahsiy munosabatlar mustahkamlanadi va ikkilanish holatlari chyokinadi.

Aslida o’qituvchining boshqaruv faoliyati dars jarayonida va mazko’r guruhga rahbarlik jarayonidan boshlanadi. Ushbu jarayonda o’qituvchining boshqaruv faoliyati yuzasidan dastlabki ko’nimalar shakllana boshlaydi.

Mahlumki, malaka oshirish tizimida fan o’qituvchisi – tinglovchi o’z mo’taxassisligi yo’nalishidan tashqari pedagogika, psixologiya, ijtimoiy-gumanitar va boshqaruv nazariyasiga oid fanlarni tinglaydi, hamda so’ngi yillarda fan va texnika yangiliklaridan habardor bo’ladi. SHu tariqa o’qituvchi fan o’qituvchisi va sinf rahbari sifatida mahlum darajada mahlumotlarga ega bo’ladi, shuningdek, tinglovchida o’qitishga bo’lgan mashuliyat va javobgarlik hissi ortadi. Bu esa o’qituvchining rahbarlik faoliyati kompetentligini yanada rivojlanishida asosiy omil sifatida hizmat qiladi.

Yuqorida bayon etilgan fikrlar asosida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini takomillashtirishni yahni texnologiya fani o’qituvchisining kompetentlilik darajasini yanada rivojlantirish masalalarini o’rganish va tahlil etish maqsad qilib olindi.

Ushbu muammoni yechimini aniqlashda fan o’qituvchisidan texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqarish mehanizmini takomillashtirishning quyidagi ilmiy-metodik asoslarini bilishini taqazo etadi:

– zamonaviy bilimga ega o’qituvchi ta’lim jarayoni samaradorligiga salbiy ta’sir etuvchi unsurlarni bilishi va ularni bartaraf etish yo’llarini aniqlay olishi;

– har bir fanga tegishli modullarni integratsiyalash va ularning o’ziga hos hususiyatlarini bilishi;

– o’quvchilar bilim darajasini oshirish va ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiya samaradorligini yanada yuqori darajaga ko’tarishda o’quvchilarning tayanch kompetentsiyalari va fanga oid umumiy kompetentsiyalarning mazmun-mohiyatini bilishi;

– o’qituvchining hususiy va kasbiy kompetentsiyalarini bilishi va uni dars jarayonida tadbiq etishni bilishi zarur.

Mazko’r muammolarni ijobiy yechimini topishda texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda, dars jarayonini boshqarish faoliyati va kasbiy kompetentlilik darajasiga bog’liq. SHu bilan birga o’qituvchilardan o’z fanini bilish salohiyati, ijodkorligi va pedagogik mahoratga ega bo’lishi talab etiladi. SHuningdek, dars mavzusini bayon etishda innovatsion yondashuvlarga asoslanishi, pedagogik va psixologik sifatlarga ega bo’lishi, shuningdek, zamonaviy talablar asosida o’quvchilar guruhi faoliyatini boshqarish kompetentligi darajasini yuqori bo’lishini bir qator olimlar tomonidan o’rganilgan /53—55/.

Ushbu tadqiqotlar texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda o’qituvchining boshqaruv faoliyatini shakllantirishning natijaviyligiga alohida ehtibor qaratilishi ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchining boshqaruv faoliyati kompetentligi darajasi nuqtai nazaridan yondashishi, ta’limning sifati va samaradorligining uyg’unligini tahminlashi, ilmiy jihatdan kafolatlovchi asosiy takliflarni ishlab chiqish malakasiga ega bo’lishi, rahbar hodimlarni tayyorlashda fan o’qituvchisining ilmiy salohiyati, pedagogik mahorati va metodik qobiliyatini ehtiborga olish muhim omil sifatda ehtirof etiladi.

1.2.Texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirishning psixo-pedagogik asoslari

O’qituvchi o’quv mashg’ulotida texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish, boshqaruv faoliyatini mexanizmini takomillashtirish, subьektning kompetentligi darajasini kundalik faoliyatda amaliyotga qo’llay olish qobiliyatlariga oid ilmiy tadqiqotlar natijalari hozirgacha mahlum bir tizimga keltirilmagan. Buni ko’p sonli misollar tasdiqlaydi. Masalan, nazariy bilimlarni yaxshi o’zlashtirgan talabalar amaliy faoliyatda duch keladigan texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etish harakteridagi masalalarning mohiyatini tushuntira olmaydilar. Bu holat nazariyani amaliyot bilan o’zviy bog’lab o’rganmaslik oqibatida kelib chiqadi. ta’lim mazmunini loyihalashdagi kamchilik va nuqsonlar oqibatida talabalar amaliyotdan ajralib qolgan, normal hamda yaxlit bo’lmagan shakldagi bilimlarni egallaydilar. Talabalar bilimlarining formal ekanligini yana bir sababi ko’pchilik holatlarda ularning tayyor holda, mohiyatini tushunmay, mexanik ravishda o’zlashtirilishidir. Bunday bilimlardan faqat standart holatlarda foydalanish mumkin, ammo o’zgargan (nostandart) sharoitda ulardan foydalanish muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.

Hozirgi paytda texnologiya fanida texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish malakasiga ega bo’lgan va boshqaruv qobiliyatini biladigan o’qituvchilarini tayyorlashning qiyosiy tahlil, ijtimoiy anketa so’rovlari natijalaridan ko’rinadiki, bu borada mahlum darajada ziddiyatlar mavjudligi ko’rsatmoqda.

Jumladan, oliy pedagogik ta’lim muassasalarida nazarda tutilgan DTS talablarining mazmun-mohiyatiga maktab tomonidan qo’yilayotgan yangi, zamonaviy talablar bilan bo’lajak pedagoglarga va ysh mutahassislarga kasbiy-metodik ta’lim berishga yondashishning yetarlicha nazariy va amaliy nuqtai nazardan ishlab chiqilmaganligi;

– fan-texnika taraqqiyotining zamonaviy mutaxassislarga qo’yadigan talablari hamda umumiy o’rta ta’lim tizimi o’quvchilarining tayanch bilimlari darajasi yetarli emasligi;

– texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishga qo’yilgan talablarning kuchaytirilishi, mustaqil o’rganish faoliyati va ularni tashkil etish bo’yicha kompetentlik darajasining yetishmasligi;

– ta’lim tizimining ko’p jihatdan reproduktiv orqaliga ega ekanligi va oliy pedagogik ta’lim muassasasi bitiruvchisi-bo’lajak o’qituvchining pedagogik moslashuvchanligini shakllantirishga individual-ijodiy yondashish zarurligi;

– o’qitish jarayoniga mavjud qarashlar va jamiyatning kasbiy ta’lim rivojlanishiga qo’yadigan zamonaviy talablari o’rtasidagi farqning mavjudligi;

– o’qituvchining kasbiy faoliyatiga bo’lgan talablardan kelib chiqib maktabning ijodiy fikrlovchi, ijodkor, pedagogik maxoratga ega bo’lgan o’qituvchiga ehtiyoji borligi;

– yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim amaliyotiga tatbiq etilishida bayon etilishi lozim bo’lgan mavzuning mazmun-mohiyatiga mosligi tanlash muammosining mavjudligi;

– o’qitishning zamonaviy ta’lim texnologiyalariga bo’lgan ehtiyojning o’sganligi an’anaviy metodlar o’rtasidagi farqlarning ortayotganligi;

– ijodkor o’qituvchilar faoliyati natijasida paydo bo’lgan o’qitishning ta’lim texnologiyasining sifat ko’rsatkichi bilan ularni baholashdagi eski metodlar o’rtasida farqning mavjudligi.

Yuqorida zikr o’tilgan farqlarni yo’qotish, texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishning va o’qituvchining boshqaruv faoliyati har tomonlama rivojlanishi, texnologik ta’lim jarayonining maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari o’rtasidagi mustahkam bog’liqlikni ta’minlay oladigan mutaxassis tayyorlashni vazifasini hal qilish zarur.

SHuningdek, texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyati mehanizmini takomillashtirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda salohiyatli, ijodkorligi, mahoratli, novator va turli hil konstruktiv-loihalarning yechimlarini, shuningdek, tashkiliy-iqtisodiy yechimlaridan foydalanishni biladigan fan o’qituvchisiga bo’lgan ehtiyoj muammosi o’z yechimini topish kerak.

Bu borada o’qituvchi o’z kasbining oddiy va murakkab tomonlarining mavjudliga va unga kasbiy metodik moslashish masalalariga alohida ehtibor qaratishi, o’quv-tarbiyaviy va metodik faoliyati tizimlarini o’zaro mo’tanosibligiga yaqinlashtirish asosida qaraladi. Biz quyida o’qituvchining bilish faoliyatidagi moslashuvchanlikdan kasbiy-metodik yo’nalganlik va kasbiy-metodik moslashishga o’tishi to’g’risidagi E.F.Zeerning fikrlariga e’tibor qaratamiz.

Bo’lajak mutaxassislarning metodik tayyorgarliklarini o’rganishda ko’pchilik tadqiqotchilar asosiy e’tiborni o’qitish mazmuni, metodlari va didaktik vositalarni qo’llashga oid turli metodikalarga qaratadilar. Bularning barchasi, albatta, kasbiy-metodik faoliyatining turli tomonlariga ma’lum ta’sir ko’rsatadi. Lekin, mutaxassisning alohida sifatlari emas, balki ularning yaxlit shakllanishi maqsadlarini samarali amalga oshirish uchun, bilim va malakalarni shakllantirish tizimini, dunyoqarash, motivatsion doirasini, ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirishni ta’minlash, keyingi metodik faoliyatida bilim va malakalarni egallash jarayonini ob’ektiv mazmun bilan to’ldirish kerak.

E.G’oziev, A.S.Linda, Z.A.Reshetova va boshqa psixolog olimlarning fikricha, o’qituvchilar, shuningdek, o’qituvchilar ham formal bilimlardan qochishi va uni bartaraf etishda etishda quyidagi didaktik omillardan:

– muammoli va dasturli ta’lim elementlari;

– o’qituvchi tomonidan mustaqil ish rejasini to’zish, mahlumotnomalar bilan ishlash;

– ma’lumotlari to’liq bo’lmagan yo’riqnomalardan foydalanish qo’yilgan masalalarni yechishda jiddiy tahlil etishga to’g’ri keladi.

Texnologiya fani o’qituvchisining texnologik ta’lim jarayonini tashkil etishda pedagogik faoliyati muntazam o’zgarib turadi. SHu kabi vazifalar yechimini topishda K. Davlatovning fikriga ko’ra, pedagogik malakalar tizimi mustaqil ishlarni bajarganlarida shakllanib boradi.

N.V.Kuzьmina o’zining tadqiqot ishlari natijalariga asoslanib, «Pedagogning metodik faoliyatidagi muvaffaqiyat loyihachilik, fikr almashish (kommunikativ), tashkilotchilik qobiliyatlari va ular bilan bevosita aloqador bo’lgan malakalar bilan tahminlanadi» degan xulosaga kelgan.

T.V.Kudryavtsev «Pedagogik faoliyat to’zilmasiga loyihachilik, tashkilotchilik, fikr almashish bilan birga axborotchilik, rivojlantiruvchilik, yo’naltiruvchilik, safarbar etuvchilik va tadqiqotchilik vazifalari”ni ham kiritishni taklif etgan.

O’qituvchidan bu vazifalarni bajarish uchun mahlum darajadagi bilim, ish-harakat usullari, shaxsiy fazilat va qobiliyatlar talab etiladi. Ular barchasi birgalikda o’qituvchining yaxlit kasbiy-metodik mustaqilligi asosini tashkil etadi.

O’qituvchi professiogrammmasini turli vaqtlarda ishlab chiqish bilan V.A.Slastenin, Yu.K.Vasilьev, U.N.Nishonaliev, N.F.Talizina kabi olimlar shug’ullanganlar.

Texnologiya fani o’qituvchilarining metodik moslashuvchanligini shakllantirishda mustaqil ta’lim tayyorlanish jarayonida bilimlar darajasi kengayadi, chuqurlashadi, mukammallashadi, turli hil sharoitlarda ulardan foydalanish imkonini beruvchi harakteriga ega bo’ladi.

Mustaqil ishlarning umumnazariy va tashkiliy-metodik masalalari G.I.Ajikin, B.P.Esipov, A.S.Linda, P.I.Pidkasistiy va ularning maslakdoshlari ishlarida o’z ifodasini topgan. Ushbu yo’nalishda mavjud pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili mustaqil ishlarga mualliflar turlicha nuqtai-nazardan yondashganliklarini ko’rsatadi.

 

V.I.Gusev, M.A.Danilov, O’.Q.Tolipov kabi olimlar talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini tarkib toptirishga yo’naltirilgan o’quv-bilish faoliyatini; B.P.Esipov, A.S.Linda, bilish faoliyatini individual, guruh, va ommaviy tashkil etish shaklini; I. Ya. Lerner, P.I.Pidkasistiy va boshqalar bilishga oid qiziqish va ehtiyojlarni rivojlantirish vositasini; SH.S.SHaripov va boshqalar mahlum shaxsiy sifatlarni shakllantirish usuli sifatida talqin etadilar.

Psixolog T.V.Gusьkova «Mustaqil ishlarni shaxsning bilish va ijodiy faolligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus tashkil etilgan muntazam o’quv faoliyati deb biladi. Bundan talaba shaxsining kasbiy-metodik faoliyatga moslashishini tahminlash uchun faqatgina maxsulli izlanuvchanlik, tadqiqotchilik, bunyodkorlik faoliyati bilan shug’ullanishlari zarur», degan xulosa chiqarish mumkin.

Texnologiya fani o’qituvchilarining texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyatini takomillashtirishda kasbiy-pedagogik moslashuvchanlik shakllanib boradi. Ushbu jarayonni shakllangtirishda mustaqil Ta’lim hamda mustaqil ishlarni tashkil etish alohida ahamiyatga ega.

Pedagogik olim A.S.Linda va uning maslakdoshlari o’quvchilar mustaqil ishlarining quyidagi jihatlarini alohida ajratib ko’rsatganlar:

– o’quvchilarning akliy, irodaviy va jismoniy kuchlarini talab etuvchi mustaqil ishlar, intellektual va amaliy faoliyatga qiziqtiruvchi ishlar;

– bilish yoki amaliy vazifalar harakteridagi ishlar;

– muammoli vaziyatlarni o’zida mujassamlashtiruvchi ishlar;

– qo’yilgan bilish va amaliy harakterdagi vazifalar yechimini topishda ijodiy yondashuvni talab etuvchi mustaqil ishlar;

– o’z faoliyatini rejalashtirish, uni ilmiy tashkil etish vazifalarni, boshqalarning yordamisiz bajarish, ish natijalarini maqsadiga qiyoslab baholashni ko’zda tutuvchi ishlar;

– muntazam ravishda ishning borishi, natijalarni nazorat qilish, kerakli hollarda o’zgartirishlar kiritish va amalga oshirishni takomillashtirib borishni ko’zda tutuvchi ishlar;

– qo’yilgan vazifalarni to’laqonli bajarishga kirishish. Bu, o’z navbatida, talaba shaxsini yaxlit rivojlantirishga imkon berib, aqliy va amaliy faoliyat usullari, o’zi ustida ishlash kasbiy-metodik faoliyatga moslashishni shakllanishiga imkon beradi.

N.Muslimov ta’lim oluvchilarning quyidagi ko’rinishdagi mustaqil ishlarini ehtirof etgan: masalalar yechish, mashqlar, grafik va ko’rgazmali ishlarni amaliy va laboratoriya ishlarida bajarish va h.k.

Ko’pchilik nazariyotchi psixolog olimlar va amaliyotchi pedagoglar mustaqil ishlarni tasniflashda asos sifatida ta’lim oluvchilarning mustaqillik darajasini yoki mustaqil ishlarning didaktik vazifasini oladilar.

Birinchi holatda mustaqil ishlar taqlil qilish, mashq qilish, ijodiy harakterdagi ishlarni bajarish, tadqiqotchilik ishlari kabilar nazarda tutiladi.

Ikkinchi holatda mustaqil ishlar quyidagilarga bo’linadi: yangi bilimlarni o’zlashtirish uchun mo’ljallangan mustaqil ishlar; o’zlashtirilgan bilimlarni qo’llash uchun mo’ljallangan mustaqil ishlar; takrorlash, bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish uchun mo’ljallangan mustaqil ishlar.

I.I.Malkin mustaqil ishlarni quyidagicha guruhlashni taklif etgan:

1. Reproduktiv mustaqil ishlar: a) kayta takrorlash; b) mashqqilish; v) sharxlash; g) tekshirish ishlari.

2. O’quv-bilish harakteridagi mustaqil ishlar: a) tayyorgarlik; b) qayd etuvchi; v) tajriba-sinov, izlanuvchan harakterli; g) mantiqiy-izlanuvchan.

3. Ijodiy mustaqil ishlar; a) badiiy-obrazli; b) ilmiy ijodiy; v) texnik – loyihachilik.

4. Amaliy – bilish harakteridagi mustaqil ishlar: a) o’quv-amaliy; b) ijtimoiy amaliy.

A.A.Verbitskiy mustaqil ishlar tavsifida asos sifatida mahlumotlar manbai va Ta’lim metodlarining olinishi zarurligini tahkidlab, mustaqil ishlarni quyidagi guruhlarga ajratgan:

a) darsliklar bilan ishlash;

b) mahlumotnoma harakteridagi adabiyotlar bilan ishlash;

v) masalalar yechish va qiyoslash;

g) o’quv mashqlarini bajarish;

d) insho va bayonlar yozish; ko’zatish va laboratoriya-amaliy ishlarini bajarish; chizmalar, modellardan foydalanish va ish-harakat usullarini ko’rsatish bilan bog’liq bo’lgan mustaqil ishlar.

N.A.Muslimov mustaqil ishlardan ko’zlangan kuyidagi maqsadlarni ko’rsatadi:

1. Mustaqil ravishda yangi bilimlar o’zlashtirish malakasini egallash;

2. Bilimlarni mustaxkamlash va aniqlashtirish;

3. O’quv va amaliy malakalar yechimini topishda bilimlarni qo’llash orqali talabalar malakalarini rivojlantirish;

4. Amaliy harakterdagi ko’nikma va malakalarni shakllantirish;

5. Ijodiy harakterdagi ko’nikmalarni shakllantirish, qiyin vaziyatlarda bilimlarni qo’llash malakasini shakllantirish.

SHunday qilib, mustaqil ishlarga oid manbalar tahlili «Mustaqil faoliyat» tushunchasini quyidagi jihatlar mavjud bo’lgan jarayon sifatida talqin etishga imkon beradi:

– Ta’lim oluvchilar tomonidan umumiy va xususiy bilish vazifalarini ajratish (maqsad va vazifani aniqlay bilish);

– masalaning yechimini topish yo’liga mos ish-harakat usullarini aniqlash va tanlash;

– quyilgan vazifaning yechimini topishda tanlangan ish-harakat usullari maqbullik darajasini aniklash.

Quyidagilar mustaqil faoliyatning to’zilmaviy bosqichlari hisoblanadi:

• faoliyat maqsadini aniqlash;

• faoliyat predmetini aniqlash;

• faoliyat vositalarini aniqlash.

Ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan sifat jihatdan yuqori, yangi va dolzarb murakkab masalalar bu jarayonni bevosita loyihalashtiruvchi, amalga joriy etuvchi natijalarini DTS hamda ijtimoiy buyurtmaga qiyoslab, yanada takomillashtirish yo’llarini izlab topadigan texnologiya fani o’qituvchilariga ham yangi talablar qo’yadi. Ana shunday talablardan biri ta’lim-tarbiya jarayonida yuzaga keladigan nomutanosibliklar, ziddiyatli holatlar va yangiliklardan hadiksirash kayfiyatini bartaraf etishdir.

Mazkur tahlillar texnologiya fani o’qituvchilari tomonidan texnologik jarayonlarni tashkil etish faqat standart vaziyatlarda qo’llaniladigan kompetentlilik bilan cheklanilayotganligini ko’rsatadi. Nostandart yoki lotarial vaziyatlarda tezkor, aniq va to’g’ri qaror qabul qilishga asos hisoblanadigan izlanuvchan ijodiy faoliyatni ta’minlovchi jihatlarga yetarlicha ahamiyat berilmayotganligi T.V.Gusьkov va V.D.Ivanov kabi pedagog olimlarning ishlarida ham ta’jihatlari kidlangan.

Kasbiy-metodik maxoratning muhim jihatlaridan biri texnologiya fani o’qituvchisining texnologik ta’lim jarayonlarini tashkil etishda mo’ljal ola bilishi va lotareal sharoitga mos holda hatti-harakatlarini uyg’unlashtirishi ekanligini S.L.Rubinshteyn, V.A.Tokareva kabi psixologlar tomonidan isbotlangan.

Pedagogik maxoratning ushbu komponenti asosli ravishda qo’yilgan vazifalarga o’zgarishlar kiritishi, tashqi ta’sir va omillarga moslashishi yoki ularni bartaraf etishi, jamoa ichida, shaxslararo munosabatlarni tartibga solishi, yuzaga kelgan lokal ziddiyatlarni bartaraf etishi, nazorat qilishi, uning harakteri, yo’nalishini zarur xollarda o’zgartirishi kabilarga imkon beradi.

Pedagogik vaziyatlardagi talablarga uyg’un qaror qabul qilish qobiliyati kasbiy faoliyatning ijodiy harakterini ko’rsatadi. U o’z navbatida pedagogik tadqiqot ob’ekti bo’lishi zarur. SHunga ko’ra ta’lim-tarbiya jarayoniga, ba’zi bir o’zgartirishlar kiritilishi A.T.Malenko, M.G.Davletshin, E.G’oziev kabi psixolog olimlar tomonidan ta’kidlangan.

Bizning nazarimizda texnologik ta’lim jarayonini tashkil etish va boshqarish faoliyatini takomillashtirishda, kasbiy-metodik faoliyatga moslashuvchinlikni shakllantirishda, texnologiya fani o’qituvchilarining pedagogik-psixologik shart-sharoitlarini aniqlashda o’qituvchining psixo-fizialogik hususiyatlarini e’tiborga olish muhim omil bo’lib hizmat qiladi.

Бесплатный фрагмент закончился. Хотите читать дальше?
Купите 3 книги одновременно и выберите четвёртую в подарок!

Чтобы воспользоваться акцией, добавьте нужные книги в корзину. Сделать это можно на странице каждой книги, либо в общем списке:

  1. Нажмите на многоточие
    рядом с книгой
  2. Выберите пункт
    «Добавить в корзину»